Finansist

Finansist

SWEM

8 000 000 – 12 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:9:00-18:00
Jins:Erkaklar
Yosh:18+

Ish tafsilotlari

Talablar:

  • Moliyachi, moliyaviy tahlilchi yoki iqtisodchi sifatida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
  • Moliya, iqtisodiyot yoki buxgalteriya hisobi yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
  • Budjet tuzish va pul oqimlarini boshqarish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish.
  • Excel dasturini yaxshi bilish (svod jadvallar, VLOOKUP/XLOOKUP, SUMIFS funksiyalari).
  • Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va ular asosida xulosa chiqarish qobiliyati.
  • Rus va o‘zbek tillarini bilish.
  • Tahliliy fikrlash, raqamlarga e’tiborli bo‘lish va mas’uliyatlilik.
  • Qo‘shimcha ustunlik: 1C, Power BI yoki Google Sheets dasturlarida ishlash tajribasi.

Vazifalar:

  • Daromatlar va xarajatlar bo'yicha byudjetni rejalashtirish va shakllantirish, uning bajarilishini nazorat qilish
  • Pul mablag'lari harakatini yuritish va nazorat qilish, to'lovlar kalendari hamda pul oqimini prognozini tuzish
  • Rahbariyat uchun muntazam moliyaviy hisobotlarni va tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash
  • Daromadlar, xarajatlar va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, taklif va xulosalar tayyorlash
  • Moliyaviy xatarlarni baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
  • Buxgalteriya, savdo bo‘limi va boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish

Sharoitlar:

  • Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish.
  • Ish haqining oyiga ikki marta, barqaror ravishda to‘lanishi.
  • Tushlik kompaniya hisobidan / boshqa qo‘shimcha shart-sharoitlar.
  • Kasbiy va lavozim bo‘yicha o‘sish imkoniyati — kelajakda moliya menejeri (Financial Manager) lavozimigacha ko‘tarilish.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 12 mln gacha
3,9mlnminimum
8mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 121156

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari