Filial menejerlari (akademiya)

Filial menejerlari (akademiya)

ZIN-NUR Akademiyasi

5 000 000 – 15 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-19:00
Jins:Erkaklar
Yosh:23+

Ish tafsilotlari

Vazifalar

  • Filial auditini o'tkazish (Birinchi 30 kun): Filialning barcha jarayonlarini (sotuv, xizmat ko'rsatish, jamoa) tahlil qilib, o'sishga to'sqinlik qilayotgan "to'siqlarni" aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha aniq harakatlar rejasini taqdim etish.
  • Sotuv va Daromadni oshirish (3 oy ichida): Bozorni tahlil qilish orqali yangi sotuv strategiyasini joriy qilish va filial daromadini belgilangan reja asosida kamida 20-30% ga oshirish.
  • Mijozlar sodiqligini ta'minlash: Mijozlar bilan munosabatlar tizimini shunday qurishki, xizmat sifati bo'yicha shikoyatlar sonini minimallashtirish va mijozlarning qayta murojaat qilish ko'rsatkichini yuqori darajada ushlab turish.
  • Yuqori samarali jamoa qurish: Mavjud jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash, xodimlarni kasbiy o'stirish rejasini ishlab chiqish va ularni umumiy natijaga yo'naltirilgan ahil jamoaga aylantirish.
  • Standartlarni Joriylash: Akademiyaning qadriyat va standartlarini filialning barcha xodimlari tomonidan 100% bajarilishini ta'minlovchi nazorat tizimini yo'lga qo'yish.

Talablar

  • Yoshi 23 va undan yuqori
  • Erkak
  • Tajribali nomzodlar

Imtiyozlar

  • Arab tili bepul o'rganish imkoniyati
  • Kurslarimizga 50% chegirma oila a'zolaringiz uchun
  • Yiliga 4 marta jamoaviy sayohatlar va team-building
  • Yiliga bir marotaba bepul tibbiy ko'rik
  • Shaxsiy va kasbiy o'sish uchun trening va mahorat darslari
  • Qadriyatli, o‘rganish va o‘stirishga yo‘naltirilgan jamoa
  • Karyeraviy o'sish: Filial menejer - Bosh menejer - COO - CEO

Maosh tafsiloti

  • 5 000 000 - 15 000 000 so'm

Ish vaqti

  • 09:00–19:00, 6/1

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 15 mln gacha
3mlnminimum
6,5mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 62797

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari