Filial menejeri (akademiya)
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-19:00
Jins:Erkaklar
Yosh:23+
Ish tafsilotlari
«ZIN-NUR akademiyasi»
Vazifalar
- Filial auditini o'tkazish (Birinchi 30 kun): Filialning barcha jarayonlarini (sotuv, xizmat ko'rsatish, jamoa) tahlil qilib, o'sishga to'sqinlik qilayotgan "to'siqlarni" aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha aniq harakatlar rejasini taqdim etish.
- Sotuv va Daromadni oshirish (3 oy ichida): Bozorni tahlil qilish orqali yangi sotuv strategiyasini joriy qilish va filial daromadini belgilangan reja asosida kamida 20-30% ga oshirish.
- Mijozlar sodiqligini ta'minlash: Mijozlar bilan munosabatlar tizimini shunday qurishki, xizmat sifati bo'yicha shikoyatlar sonini minimallashtirish va mijozlarning qayta murojaat qilish ko'rsatkichini yuqori darajada ushlab turish.
- Yuqori samarali jamoa qurish: Mavjud jamoaning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholash, xodimlarni kasbiy o'stirish rejasini ishlab chiqish va ularni umumiy natijaga yo'naltirilgan ahil jamoaga aylantirish.
- Standartlarni Joriylash: Akademiyaning qadriyat va standartlarini filialning barcha xodimlari tomonidan 100% bajarilishini ta'minlovchi nazorat tizimini yo'lga qo'yish.
Talablar
- Yoshi 23 va undan yuqori bo'lgan
- Erkak
- Tajribali nomzodlar
Imtiyozlar
- Arab tili bepul o'rganish imkoniyati
- Kurslarimizga 50% chegirma oila a'zolaringiz uchun
- Yiliga 4 marta jamoaviy sayohatlar va team-building
- Yiliga bir marotaba bepul tibbiy ko'rik
- Shaxsiy va kasbiy o'sish uchun trening va mahorat darslari
- Qadriyatli, o‘rganish va o‘stirishga yo‘naltirilgan jamoa
- Karyeraviy o'sish: Filial menejer - Bosh menejer - COO - CEO
Maosh tafsiloti
- 5 000 000 - 15 000 000
Ish vaqti
- 09:00–19:00, 6/1
Bozordan yuqori maosh
Bu e'lon · 15 mln gacha
3mlnminimum
6,5mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 62744
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

