Export manager intern

Export manager intern

Arebor

3 000 000 – 6 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:Stajirovka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek
  • Rus
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • Ingliz
  • 🇹🇲Turkman

Ish tafsilotlari

Arebor — ishlab chiqaruvchi va distributorlarni xalqaro B2B xaridorlar bilan bog‘laydigan marketplace. Hozirda O‘zbekiston bozoriga kirib, mahalliy bizneslarning mahsulotlarini eksport qilish va xalqaro bozorlarga olib chiqish yo‘nalishini rivojlantirmoqdamiz.

Vazifalar

  • Eksport qilishni istagan ishlab chiqaruvchi va distributorlar bilan ishlash
  • Mijozlarga eksport jarayoni, sertifikatlar, xarajatlar, to‘lov va logistika bo‘yicha ma’lumot berish
  • Mahsulot kataloglari va kerakli ma’lumotlarni yig‘ish
  • Mahsulotlarni Arebor marketplace'iga joylashtirish
  • Mijozlarni eksport jarayonining barcha bosqichlarida kuzatib borish
  • Turkmaniston B2B bozori va talablarini o‘rganish
  • Mijozlar bilan online va offline uchrashuvlar o‘tkazish
  • CRM va ichki tizimlarda mijozlar haqidagi ma’lumotlarni yuritish

Talablar

  • Odamlar bilan erkin muloqot qila olish
  • Mas’uliyatli va tartibli bo‘lish
  • Tez o‘rganish va yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish
  • O‘zbek va rus tillarini bilish
  • Ingliz yoki turkman tilini bilish — ustunlik

Imtiyozlar

  • Eksport tajribasi shart emas — Arebor 1 oy davomida o‘qitadi
  • 1 oy davomida bepul amaliy o‘qitish va mentorlik
  • Eksport va xalqaro B2B savdoni amalda o‘rganish
  • Real ishlab chiqaruvchilar va bizneslar bilan ishlash
  • Karyera va professional rivojlanish imkoniyati
  • Tushlik kompaniya hisobidan

Maosh tafsiloti

  • 2-oydan boshlab 3 000 000 – 6 000 000 so‘m maosh

Ish vaqti

  • 5/2 ish grafigi

Agar xalqaro savdo va B2B yo‘nalishida rivojlanishni istasangiz, Arebor jamoasiga qo‘shiling.

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 6 mln gacha
2mlnminimum
5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 117646

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari