Community Manager
3 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Community Manager
(Hamjamiyat menejeri)
ADRAS BUSINESS ACADEMY — Dono Alixanova jamoasiga gʻayratli, muloqotga ochiq va mas’uliyatli Community Manager taklif etiladi!
Sizdan kutilayotgan vazifalar:
Akademiya oʻquvchilari va mijozlar hamjamiyati bilan samarali muloqot oʻrnatish;
Telegram kanallar hamda yopiq guruhlarda tartib va yuqori faollikni ta'minlash;
Onlayn va offlayn uchrashuvlarni tashkillashtirishda faol ishtirok etish;
Kelib tushgan murojaat va savollarga tezkor hamda xushmuomalalik bilan javob berish.
Nomzodga qoʻyiladigan talablar:
Yosh: 18 – 23 yosh;
Oʻzbek tilida mutlaqo savodli, ravon va madaniyatli muloqot;
Yuqori mas'uliyat, empatiya va stressga chidamlilik;
Telegram va ijtimoiy tarmoqlardan erkin foydalana olish.
Biz taqdim etadigan sharoitlar:
Daromad: 3 000 000 soʻm (fix) + natijaga asoslangan KPI bonuslar ;
Kuchli va professional jamoada amaliy tajriba;
Shaxsiy va karyeraviy rivojlanish imkoniyati.
Rezyumengizni yuboring:\
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
