Chop etish mutaxassisi
Ish tafsilotlari
DTF STAR — kiyim-kechak va korporativ sovg‘alarga brend tushirish bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy korxona. Texnikalar bilan ishlashni yoqtiradiganlar va injenerlik salohiyati borlar uchun imkoniyat. Ish jarayonini o‘rgatamiz. Muhimi — o‘rganishga ishtiyoq va rivojlanishga bo‘lgan xohish. Sirtqi ta’limda o‘qiydigan nomzodlar ham qabul qilinadi.
Talablar
- 18–30 yoshdagi yigitlar
- Kompyuterda ishlay olish
- Yangi texnologiyalarni o‘rganishga qiziqish
- Mas’uliyatli, halol va intizomli bo‘lish
- Grafik dizaynni bilish — ustunlik beradi
- Tajriba shart emas
Ish vaqti
- 09:30 dan 19:00 gacha, 6/1, yakshanba dam
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 – 6 500 000 so‘m + bonus
Imtiyozlar
- O‘z vaqtida maosh va bonuslar
- Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash
- Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyati
- Tushlik va kechki ovqat
- Ahil va inoq jamoa
- O‘z sohangizning mutaxassisi bo‘lish imkoniyati
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
