Call operator (sport loyihalari)
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek
Afzal ko‘riladigan tillar:Rus
Hali qaynoq
Ish tafsilotlari
Golden Team — futbol va sport sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Biz stadion ijarasi, futbol turnirlari, bolalar futbol ligalari va boshqa sport loyihalarini tashkil etamiz. Jamoamizga mas'uliyatli va mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko'radigan Call Operatorni taklif qilamiz.
Vazifalar
- Kiruvchi qo'ng'iroqlarni qabul qilish va mijozlarga to'liq ma'lumot berish.
- Chiquvchi qo'ng'iroqlar orqali mijozlar bilan bog'lanish.
- Telegram, WhatsApp va boshqa messenjerlar orqali kelgan murojaatlarga javob berish.
- Stadion bronlari, futbol loyihalari va kompaniya xizmatlari bo'yicha mijozlarga maslahat berish.
- Mijozlarni ro'yxatga olish va bronlarni rasmiylashtirish.
- Mijozlar ma'lumotlarini CRM tizimiga kiritish va yangilab borish.
- Murojaatlarni tegishli bo'lim yoki mas'ul xodimlarga yo'naltirish.
- Kundalik hisobotlarni yuritish.
- Mijozlar bilan xushmuomalalik va xizmat ko'rsatish sifatini yuqori darajada saqlash.
Talablar
- O'zbek tilida ravon so'zlasha olish (rus tilini bilish ustunlik beradi).
- Muloqot madaniyati yuqori, xushmuomala va mas'uliyatli bo'lish.
- Kompyuterda erkin ishlay olish (Microsoft Office, Telegram, WhatsApp).
- Muammolarni tezkor hal qila olish va stressga chidamli bo'lish.
- Jamoa bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lish.
- Call-markaz yoki mijozlar bilan ishlash tajribasi bo'lsa ustunlik hisoblanadi.
Imtiyozlar
- KPI va natijaga qarab bonuslar.
- Qulay va zamonaviy ofis.
- Yosh va ahil jamoa.
- Kasbiy rivojlanish va martaba o'sishi imkoniyati.
- Zarur ish qurollari bilan ta'minlanadi.
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: suhbat natijasiga ko'ra.
Ish vaqti
- To'liq ish kuni
- Suhbat asosida
Bu rol uchun odatdagi maosh
2mlnminimum
5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 58797
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
