Call operator
Bozordan past maosh
- O‘zbek
Ish tafsilotlari
UYSOT — ko‘chmas mulk sohasi uchun zamonaviy texnologiyalarni yaratayotgan PropTech kompaniya. So‘nggi bir yil ichida biz 3 baravarga o‘sdik — va bu hali boshlanishi! Yosh va jadal rivojlanayotgan IT-kompaniyada ishlashni, o‘zingizni rivojlantirishni va ajoyib jamoaning bir qismi bo‘lishni xohlaysizmi? Unda sizni jamoamizga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Mijozlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish
- Mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqida ma’lumot berish
- Sayt orqali kelib tushgan murojaatlarni qayta ishlash
- Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
Talablar
- Ish tajribasi shart emas — barchasini o‘rgatamiz!
- O‘zbek tilini yaxshi bilish
- Kirishimlilik va faollik
- Mas’uliyatlilik
- Rivojlanish va kompaniya bilan birga o‘sish istagi
Imtiyozlar
- Greyd tizimi — kompaniyada o‘sasiz → daromadingiz ham oshadi
- Ishning dastlabki bosqichida o‘quv-trening
- Karyerada o‘sish imkoniyati
- Tushlik xarajatining 50% kompaniya tomonidan qoplanadi
- Barcha zarur sharoitlarga ega qulay ofis
- Biz tashabbuskorlik, halollik, ochiqlik va rivojlanishga bo‘lgan intilishni qadrlaymiz
Maosh tafsiloti
- 3 500 000 so‘m kafolatlangan maosh + bonuslar + KPI
Ish vaqti
- 9:00-18:00 6/1
Eslatma
- Rezyume yuboring.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

