Call-markaz operatori (klinika)

Call-markaz operatori (klinika)

3 500 000 – 4 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Gibrid
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:08:45-17:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek, Tojik
Afzal ko‘riladigan tillar:Rus
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

Zamonaviy tibbiyot klinikasida karyerangizni boshlang! Call-markaz operatori lavozimiga iste'dodli va mas'uliyatli nomzodlarni jamoamizga taklif qilamiz. Biz uchun operator — bu shunchaki qo‘ng‘iroqlarga javob beruvchi xodim emas. U bemorlarimiz bilan ilk muloqotni boshlaydigan, ishonch va g‘amxo‘rlik muhitini yarata oladigan muhim jamoa a'zosidir.

Talablar

  • Ravon va yoqimli nutq
  • O‘zbek va tojik tillarini bilish (rus tilini bilish afzallik)
  • Xushmuomalalik va bemorlarga samimiy munosabat
  • Mas'uliyat, intizom va e'tiborlilik
  • Kompyuter va CRM tizimida ishlash ko‘nikmasi
  • Muloqotni sevish va odamlarga yordam berish istagi
  • Ish tajribasi bo‘lsa, afzallik beriladi

Imtiyozlar

  • O‘zbekiston bozorida 10 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan barqaror va zamonaviy tibbiyot klinikasida ishlash
  • Bepul o‘qitish, doimiy qo‘llab-quvvatlash va professional o‘sish imkoniyati
  • Qulay ish muhiti, ahil jamoa va hurmatga asoslangan korporativ madaniyat
  • Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanadi

Maosh tafsiloti

  • 3 500 000 – 4 000 000 so‘m oylik maosh + shaffof KPI tizimi orqali qo‘shimcha rag‘bat

Ish vaqti

  • Dushanba – Shanba
  • Ofisda: 08:45 – 17:00
  • Ish kunidan so‘ng kiruvchi murojaatlarni masofadan turib qabul qilish

Eslatma

Rezyumeingizni yuboring va muvaffaqiyat sari ilk qadamni bugunoq qo‘ying!

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 4 mln gacha
1,5mlnminimum
4mlno'rtacha
9+mlnmaksimum
ID 58282

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Buxoroda o'xshash ish o'rinlari