Call-markaz operatori (avtosalon)
Bozorbop maosh
- O‘zbek
Ish tafsilotlari
AMALBEK AUTO SALON ISHGA TAKLIF QILADI! Jamoamiz safini kengaytirmoqdamiz! Mas’uliyatli, xushmuomala, o‘z ishiga jiddiy yondashadigan va mijozlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan qizlarni ishga taklif qilamiz.
Vazifalar
- Mijozlarning qo‘ng‘iroqlariga javob berish
- Avtomobillar haqida boshlang‘ich ma’lumot berish
- Mijozlar bilan telefon orqali xushmuomala suhbatlashish
Talablar
- Xushmuomala va mas’uliyatli bo‘lish
- Jamoa bilan ishlay olish
- O‘zbek tilida ravon gaplasha olish
- Ishga o‘z vaqtida kelish va belgilangan ish vaqtiga to‘liq rioya qilish
- Ishga jiddiy yondashish va o‘rganishga tayyor bo‘lish
- Yosh: 18-25
Imtiyozlar
- Tushlik: ishxona hisobidan
- Ahil jamoa, qulay ish muhiti va o‘sish imkoniyatlari
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 3 500 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha
- Suhbat orqali oylik kelishamiz
Ish vaqti
- 09:00 dan 19:00 gacha
Eslatma
Oqishi borlar bezovta qilmasin. O‘qishda tahsil olayotganlar va belgilangan ish vaqtida to‘liq ishlay olmaydigan nomzodlar qo‘ng‘iroq qilmasin! Yosh: 18-25 yoshgacha, undan kattalar bezovta qilmasin.
Bozorbop maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
