Call-markaz operatori

Call-markaz operatori

Russkiy Les

3 000 000 so'mdan

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Ayollar
Yosh:20 – 35
Talab qilinadigan tillar:
  • O‘zbek
Afzal ko‘riladigan tillar:
  • Rus

Ish tafsilotlari

Russkiy Les kompaniyasi mijozlar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan, xushmuomala va mas’uliyatli Call-markaz operatorini ishga taklif qiladi.

Vazifalar

  • Kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bilan ishlash
  • Mijozlarga mahsulotlar, narxlar va xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish
  • Mijozlarning savollariga tez va aniq javob berish
  • Buyurtma va murojaatlarni qayd etib borish
  • Potensial mijozlar bilan aloqa o‘rnatish va sotuvga yo‘naltirish
  • Mijozlar bazasi bilan ishlash
  • CRM tizimida mijozlar, murojaatlar va qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘g‘ri yuritish
  • Mijozlarning fikr, taklif va e’tirozlarini tegishli bo‘limlarga yetkazish
  • Belgilangan xizmat ko‘rsatish standartlari asosida ishlash

Talablar

  • Faqat ayollar (20-35 yosh)
  • Ravon va tushunarli nutq
  • O‘zbek tilini mukammal bilish, rus tilini bilish — afzallik
  • Telefon orqali mijozlar bilan to‘g‘ri muloqot qila olish
  • CRM tizimining ishlash prinsiplarini tushunish va undan foydalana olish
  • Kompyuter va ofis dasturlaridan erkin foydalana olish
  • Xushmuomala, sabrli va mas’uliyatli bo‘lish
  • Tez o‘rganish va jamoada ishlash qobiliyati
  • Call-markaz, CRM yoki sotuv sohasida ish tajribasi bo‘lsa — ustunlik beriladi

Imtiyozlar

  • Qulay va tartibli ofis
  • Barqaror ish o‘rni
  • Ish jarayoniga moslashtirish va o‘qitish
  • Ahil va professional jamoa
  • Kasbiy rivojlanish va kompaniyada o‘sish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • Oylik maosh — boshlang'ich 3 000 000 so'mdan boshlanadi

Eslatma

Ariza qoldiring, o'zimiz bog'lanamiz.

Bozordan past maosh

Bu e'lon · ≈3 mln
2mlnminimum
4mlno'rtacha
9,5+mlnmaksimum
ID 112384

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Xorazmda o'xshash ish o'rinlari