Call center sotuv menejeri

Call center sotuv menejeri

Mascan Travel

5 000 000 – 10 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:09:00-19:00
Qulayliklar:
Ovqat
Jins:Farqi yo'q
Yosh:18 – 30

Ish tafsilotlari

Biz — Mascan Travel. Toshkentda 3 ta filial va franshiza tarmog'iga ega turagentlik. Har oy yuzlab mijozni sayohatga jo'natamiz va hozir filiallarimizga mijoz yetkazib beradigan yangi call center jamoasini yig'yapmiz.

Sizga TAYYOR mijozlar keladi: saytdan, Instagram'dan, kiruvchi qo'ng'iroqlardan. Vazifangiz — mijoz bilan gaplashib, sayohat rejasini aniqlash va uni eng yaqin ofisimizga uchrashuvga yozish. Sotuvni ofisdagi menejer yopadi — siz har bir kelgan mijoz uchun pul olasiz.

Maosh tafsiloti

  • 5 000 000 — 10 000 000+ so'm/oy (fix + KPI, yuqori chegara yo'q)
  • Tushlik kompaniya hisobidan

Ish vaqti

  • 09:00–19:00
  • Format: Toshkent, ofisda, to'liq bandlik

Imtiyozlar

  • 7 kunlik professional o'qitish — "Sotuv 2.0" platformasi + turagentlik bilimlari
  • Faqat issiq kiruvchi leadlar, sovuq baza yo'q
  • Tayyor infratuzilma: CRM, skriptlar, kunlik razborlar
  • Har kuni trening va mentor bilan ishlash
  • Turizm — umr bo'yi daromad keltiradigan kasb, sohani ichidan o'rganasiz
  • Karyera: call center → ofis menejeri → filial rahbari

Talablar

  • 18–30 yosh, Toshkentda yashash
  • Aniq, ravon gapirish va odamlar bilan muloqotni yoqtirish
  • Sotuv tajribasi — afzallik, lekin SHART EMAS: eng yaxshi nomzodlarni noldan o'qitamiz
  • O'rganishga tayyorlik va 7 kunlik treningdan o'tish

Eslatma

Vakansiya 8-sentabrgacha ochiq!

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 10 mln gacha
2mlnminimum
7mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 86874

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari