Call-center operatori (uchrashuv tashkil qilish boʻyicha mutaxassis)
Toshkent shahri, Olmazor tumani
4 000 000 – 6 000 000 so'm
Bozordan yuqori maosh
Bu e'lon · 6 mln gacha
2mlnminimum
5mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Yosh:20 – 30
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek
Afzal ko‘riladigan tillar:Rus
Ish tafsilotlari
Arxitektura kompaniyasiga uchrashuvlar tashkil qilish bo‘yicha operator taklif etiladi. (Telefon orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv qilinmaydi, asosiy maqsad — mijozlarni uchrashuvga taklif qilish)
Vazifalar
- Mijozlar bilan telefon orqali aloqa o‘rnatish va kompaniya xizmatlari haqida qisqa ma’lumot berish
- Qiziqqan mijozlarni kompaniya arxitektorlari yoki mutaxassislari bilan uchrashuvga (ofisda yoki onlayn) taklif qilish va uchrashuv vaqtini belgilash
- Kompyuter dasturlari va CRM tizimida uchrashuvlar taqvimini (grafigini) yuritish
- Belgilangan KPI (kunlik/haftalik uchrashuvlar soni) rejalarini bajarish
Talablar
- Nomzodning tavsiyaviy yoshi: 20 — 30 yosh atrofida
- O‘zbek tilida erkin va ravon so‘zlasha olish (rus tilini bilish ustunlik beriladi)
- Nutqi o‘ta jozibador, muloyim va insonlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyati
- Mas’uliyatlilik, tartib-intizom va jamoada ishlash qobiliyati
- Muloqotga tez kirishadigan va mijozlar bilan uchrashuv belgilashga qiziquvchanlik
Imtiyozlar
- Sinov muddati: 1 hafta
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 – 6 000 000 so‘m + belgilangan har bir uchrashuv uchun bonuslar
Ish vaqti
- 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
- Ish joyi: Ofis (Toshkent shahri, Olmazor tumani)
ID 42995
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

