Buxgalter / Xarajatlar nazoratchisi (Cost Controller)

Buxgalter / Xarajatlar nazoratchisi (Cost Controller)

MERCURE KHIVA HOTEL

Xorazm viloyati, Xiva shahri

Maosh: Kelishiladi

Bu rol uchun odatdagi maosh

2,8mlnminimum
6,3mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

MERCURE KHIVA HOTEL JAMOASIGA ISHGA TAKLIF!

Vazifalar

  • Ombor va bo‘linmalarda tovar-moddiy boyliklar hisobini yuritish va nazorat qilish
  • Tovarlarning kirimi, chiqimi va qoldiqlarini nazorat qilish
  • Taom va ichimliklar tannarxini hisoblash
  • Texnologik xaritalar va kalkulyatsiyalarni tayyorlash
  • Inventarizatsiyalarda ishtirok etish va hisobotlar tayyorlash
  • Food Cost va Beverage Cost hisobotlarini yuritish
  • Oshxona, restoran, ombor va xaridlar bo‘limlari bilan hamkorlik qilish

Talablar

  • Buxgalteriya, iqtisodiyot yoki moliya yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
  • Cost Controller, TMB buxgalteri yoki shunga o‘xshash lavozimda kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Microsoft Excel dasturini yuqori darajada bilish
  • 1C, 1C Back Office yoki Material Control dasturlarida ishlash tajribasi afzallik beradi
  • Mehmonxona, restoran, chakana savdo yoki ishlab chiqarish sohasida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi

Imtiyozlar

  • Xalqaro Mercure (Accor Group) mehmonxonasida ishlash imkoniyati
  • Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi
  • Raqobatbardosh ish haqi
  • Korporativ o‘qitish va jamoaviy qo‘llab-quvvatlash
  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish

Ish vaqti

  • Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00
  • Ish rejimi: 5/2
ID 41701

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar