Buxgalter / Xarajatlar nazoratchisi (Cost Controller)
MERCURE KHIVA HOTEL
Xorazm viloyati, Xiva shahri
Maosh: Kelishiladi
Bu rol uchun odatdagi maosh
2,8mlnminimum
6,3mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Ish tafsilotlari
MERCURE KHIVA HOTEL JAMOASIGA ISHGA TAKLIF!
Vazifalar
- Ombor va bo‘linmalarda tovar-moddiy boyliklar hisobini yuritish va nazorat qilish
- Tovarlarning kirimi, chiqimi va qoldiqlarini nazorat qilish
- Taom va ichimliklar tannarxini hisoblash
- Texnologik xaritalar va kalkulyatsiyalarni tayyorlash
- Inventarizatsiyalarda ishtirok etish va hisobotlar tayyorlash
- Food Cost va Beverage Cost hisobotlarini yuritish
- Oshxona, restoran, ombor va xaridlar bo‘limlari bilan hamkorlik qilish
Talablar
- Buxgalteriya, iqtisodiyot yoki moliya yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot
- Cost Controller, TMB buxgalteri yoki shunga o‘xshash lavozimda kamida 1 yillik ish tajribasi
- Microsoft Excel dasturini yuqori darajada bilish
- 1C, 1C Back Office yoki Material Control dasturlarida ishlash tajribasi afzallik beradi
- Mehmonxona, restoran, chakana savdo yoki ishlab chiqarish sohasida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi
Imtiyozlar
- Xalqaro Mercure (Accor Group) mehmonxonasida ishlash imkoniyati
- Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi
- Raqobatbardosh ish haqi
- Korporativ o‘qitish va jamoaviy qo‘llab-quvvatlash
- Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish
Ish vaqti
- Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00
- Ish rejimi: 5/2
ID 41701
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

