Buxgalter (1C, soliq hisoboti)

Buxgalter (1C, soliq hisoboti)

Maosh: Kelishiladi

Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Ayollar

Ish tafsilotlari

BUXGALTERIYA konsalting firmasi Toshkent shahrida noldan yangi filial tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Shu sababli bizga Toshkentda yashaydigan, buxgalteriya sohasini biladigan AYOL HAMKOR kerak. Bu oddiy ish o'rni emas. Biz tayyor xodim emas, filialni biz bilan birga noldan quradigan hamkor izlayapmiz.

Maqsadimiz

  • Toshkentda buxgalteriya outsourcing xizmatlarini yo'lga qo'yish, mijozlar bazasini shakllantirish va kelajakda kuchli jamoaga ega bo'lgan filial tashkil qilish.

Sizdan kutamiz

  • Toshkent shahrida yashashingiz;
  • Buxgalteriya sohasida tajribaga ega bo'lishingiz;
  • 1C va soliq hisobotlarini bilishingiz;
  • Mijozlar bilan ishlay olishingiz;
  • Faol, mas'uliyatli va halol bo'lishingiz;
  • Biznesni rivojlantirishga qiziqishingiz;
  • Filialni noldan rivojlantirishga tayyor bo'lishingiz.

Biz tomondan

  • Buxgalteriya sohasidagi tajriba;
  • Ishlash tizimi va tajriba;
  • Filialni yo'lga qo'yishda amaliy yordam;
  • Reklama va mijozlar bazasini shakllantirish bo'yicha birgalikdagi ish;
  • Uzoq muddatli hamkorlik.

Daromad va hamkorlik shartlari

  • Nomzod bilan individual suhbat asosida kelishiladi.

Bu rol uchun odatdagi maosh

3mlnminimum
8mlno'rtacha
24+mlnmaksimum
ID 73842

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari