Buxgalter
Bu rol uchun odatdagi maosh
3mlnminimum
7,5mlno‘rtacha
24+mlnmaksimum
Ish tafsilotlari
Smart Server LLC jamoasiga mas'uliyatli, tartibli va o'z ishiga professional yondashadigan buxgalter qidirmoqda. Ish joyi: Toshkent shahri, ofisda. Ish tartibi: to'liq ish kuni (full-time).
Vazifalar
- Kompaniyaning kundalik buxgalteriya va moliyaviy operatsiyalarini yuritish
- Kirim-chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish va nazorat qilish
- Hisob-faktura, dalolatnoma va boshqa moliyaviy hujjatlar bilan ishlash
- Bank operatsiyalari va to'lovlarni nazorat qilish
- Soliq va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
- Yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan hisob-kitoblarni yuritish
- Buxgalteriya hujjatlarini tartibli saqlash
Talablar
- Buxgalteriya yoki moliya yo'nalishida ma'lumotga ega bo'lish
- Buxgalter sifatida ish tajribasiga ega bo'lish
- 1C va Excel dasturlarini yaxshi bilish
- Soliq qonunchiligi va buxgalteriya hisobini tushunish
- Mas'uliyatli, diqqatli va tartibli bo'lish
- Jamoa bilan ishlay olish
Imtiyozlar
- Zamonaviy ofisda ishlash
- Barqaror ish o'rni
- Do'stona va professional jamoa
- O'z vaqtida maosh to'lash
- Kasbiy rivojlanish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Ish haqi: suhbat davomida kelishiladi
Ish vaqti
- To'liq ish kuni (full-time)
Bu rol uchun odatdagi maosh
3mlnminimum
7,5mlno‘rtacha
24+mlnmaksimum
ID 129029
Ogoh bo‘ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.

