Bosh ijrochi direktor (CEO)

Bosh ijrochi direktor (CEO)

TASKIN-ECO-SERVIS

15 000 000 – 40 000 000 so'm

Manba:Vakansiya Samarqand
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Afzal ko‘riladigan tillar:O‘zbek, Rus, Tojik

Ish tafsilotlari

TASKIN va SAM SIFAT jamoasi BOSH IJROCHI DIREKTOR (CEO) lavozimiga kuchli nomzodlarni taklif qiladi!

Bizga shunchaki rahbar emas, balki kompaniyani yangi bosqichga olib chiqa oladigan, strategik fikrlaydigan va natija uchun javob beradigan lider kerak.

Vazifalar

  • Kompaniyaning strategik va operatsion faoliyatini boshqarish
  • Barcha bo'limlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
  • Sotuv, logistika, xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish
  • Jamoani shakllantirish, motivatsiya qilish va samaradorligini oshirish
  • Korxonaning moliyaviy ko'rsatkichlari va KPI natijalari uchun javob berish
  • Yangi loyihalarni ishlab chiqish va biznesni kengaytirish
  • Xizmat sifati va mijozlar mamnunligini oshirish
  • Rahbarlar va xodimlar o'rtasida samarali boshqaruv tizimini yaratish

Talablar

  • Kamida 5 yillik rahbarlik tajribasi
  • Kamida 100 nafardan ortiq jamoani boshqarish tajribasi
  • Strategik va analitik fikrlash qobiliyati
  • Moliyaviy boshqaruv va KPI tizimlari bilan ishlash tajribasi
  • Kuchli liderlik va muzokara olib borish ko'nikmalari
  • Operatsion boshqaruv va biznes jarayonlarini chuqur tushunish
  • O'zbek, rus va tojik tillarini bilish ustunlik beradi

Imtiyozlar

  • Yuqori darajadagi boshqaruv vakolatlari
  • Kuchli va professional jamoa
  • Karyera va shaxsiy rivojlanish imkoniyati
  • Barqaror va tez rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
  • Natijaga qarab yuqori bonus tizimi

Maosh tafsiloti

  • 15 000 000 so'mdan 40 000 000 so'mgacha + yuqori natijalar uchun bonuslar

Agar Siz o'zingizni kuchli lider deb hisoblasangiz va katta jamoani boshqarishga tayyor bo'lsangiz, biz Sizni jamoamizda kutamiz!

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · 40 mln gacha
2,3mlnminimum
6mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 67764

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Samarqandda o'xshash ish o'rinlari