Buxgalter / Moliyachi

Buxgalter / Moliyachi

Sarbon Paket

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Faoliyat yo‘nalishi: Polietilen qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish

Vakansiya haqida:

Sarbon Paket jamoasiga buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvni bir vaqtning o‘zida samarali olib bora oladigan, mas’uliyatli va tajribali mutaxassisni ishga taklif etamiz.

Asosiy vazifalar:

  • Buxgalteriya hisobini to‘liq yuritish.

  • Soliq va barcha davlat hisobotlarini o‘z vaqtida tayyorlash hamda topshirish.

  • Korxonaning kunlik pul oqimini (Cash Flow) nazorat qilish.

  • Debitor va kreditor qarzdorliklarini yuritish.

  • Xomashyo va tayyor mahsulot tannarxini hisoblash.

  • Oylik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  • Direktor uchun moliyaviy tahlillar va asoslangan takliflarni taqdim etish.

  • Buxgalteriya hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishini ta’minlash.

Talablar:

  • Buxgalteriya yoki moliya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.

  • 1C dasturini mukammal bilish.

  • Didox, Soliq, my.soliq va E-ijara elektron tizimlarida ishlay olish.

  • Microsoft Excel dasturini yaxshi bilish va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.

  • Mas’uliyatli, halol va maxfiylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish.

  • Ishlab chiqarish korxonasida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Biz taklif qilamiz:

  • Barqaror ish o‘rni.

  • O‘z vaqtida to‘lanadigan raqobatbardosh ish haqi.

  • Zamonaviy va qulay ish muhiti.

  • Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari.

  • Uzoq muddatli hamkorlik va barqaror faoliyat.

Bog‘lanish uchun: Shuxratbek Urmonov

Bu rol uchun odatdagi maosh

2mlnminimum
6mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 62401

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Andijonda o'xshash ish o'rinlari