Bito hamkori & qo'shimcha ish

Bito hamkori & qo'shimcha ish

Bito ERP

Butun dunyo (masofadan)

$1 000 – 9 000

Atiga 14 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Komissiya
Format:Qo'shimcha ish
Ish tartibi:Masofaviy
Jins:Farqi yo'q
Yosh:20 – 40
Shoshilinch

Ish tafsilotlari

Kompaniya: Bito (bito.uz)

Kompaniyaning faoliyat sohasi: biznesni avtomatlashtirish/tizimlashtirish

Ish tajribasi: Dastur, IT yoki B2B sotuv tajribasi afzal. Tajribasiz bo'lsa, o'rgatamiz.

Vazifalar:

• O'z hududidagi mijozlarga (do'kon, savdo va xizmat korxonalari) Bito'ni taklif qilish

• Bito'dan kelgan lidlar bilan belgilangan muddatda (24 soat yoki undan qisqa) bog'lanish

• Mijozga demo ko'rsatish, imkoniyatlar, narx va tarifni tushuntirish

• Kelishilgan mijozlarga Bito'ni o'rnatib berish: sozlash, ma'lumotlarni kiritish, xodimlarni o'rgatish

• Lidlar bilan ishlashni CRM'da yuritish: etaplarni to'g'ri o'zgartirish, tasklar qo'yish, natijani yozish

• O'rnatilgan mijozlarga xizmat ko'rsatish va savollariga javob berish

• Hamkorlar bo'limi o'tkazadigan trening va yangiliklarda qatnashish

• Sotuv, o'rnatish va lidlar natijasi bo'yicha hisobot berish

Talablar:

• Mijoz bilan muloqot va sotuv ko'nikmasi

• Kompyuter va dasturlar bilan ishlashni bilish

• Mas'uliyatlilik: lidga o'z vaqtida ishlov berish

• O'rganishga tayyorlik

• CRM'da ishlashga tayyorlik

• O'z hududida mijozlar bilan ishlash imkoniyati

Ish haqi: Mijozlarning oylik ta'rifidan va ustanovka pulidan ($1000-$9000)

Ish jadvali:  Erkin grafika

Yoshi:  20-40

Shahar / Tuman: O'rta osiyo bo'ylab

Biz taklif qiladigan shartlar:

• Bito'ni bepul o'rgatish

• Dastlabki o'rnatishlarda yordam

• Bito'dan lidlar

• Doimiy texnik yordam

Boshqa ma'lumotlar: Buxgalterlar, Integratorlar, Dasturchilar ikkinchi ish qilib ishlab qo'shimcha daromad qilishsa bo'ladi. Asosiy talab biznes va komputerni tushunish. Qolgan ma'lumotlar telefonda beriladi

Bu rol uchun odatdagi maosh

2mlnminimum
6,3mlno'rtacha
15+mlnmaksimum
ID 115227

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar