Birja savdolari bo'yicha tajribali mutaxassis

Birja savdolari bo'yicha tajribali mutaxassis

Me’mor Muhandis Dizayn MChJ

Farg'ona viloyati, Farg'ona shahriQirguli kafe yoki viloyat SES binosi yonida

3 000 000 so'mdan

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Bo'sh o'rinlar:2
Qulayliklar:
OvqatTransport
Jins:Farqi yo'q
Yosh:18 – 35
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

ISHGA TAKLIF QILAMIZ! Kompaniya: «Me'mor Muhandis Dizayn» MChJ. Me'mor-muhandislik, dizayn, yong'in xavfsizligi hamda tovar-xomashyo birjasida savdo faoliyati.

Lavozim: Birja savdolari / tovar-xomashyo savdolari bo'yicha tajribali mutaxassis (broker, sotuvchi). Bo'sh o'rinlar soni: 2 nafar.

Talablar

  • Tovar-xomashyo birjasida savdo bo'yicha kamida 1 yillik ish tajribasi
  • Birja savdo qoidalarini bilish, savdo tizimida ishlay olish, lot joylashtirish
  • Shartnoma va hujjatlarni rasmiylashtirishni bilish
  • Kompyuter va Excel bilan erkin ishlash
  • Yoshi: 18 yoshdan 35 yoshgacha
  • Jinsi va millatidan qat'i nazar
  • Doimiy va uzoq muddatli ishlashga tayyorlik
  • Mas'uliyatli va intizomli bo'lish
  • Oilali nomzodlar afzal

Imtiyozlar

  • Tushlik korxona tomonidan beriladi
  • Shaxsiy transportga ega bo'lganlarga transport xarajatlari qoplanadi
  • Uzoq muddatli barqaror ish va karyera o'sishi

Maosh tafsiloti

  • 3 000 000 so'mdan boshlab, tajriba va malakaga qarab oshiriladi
  • KPI tizimi asosida natijaga qarab qo'shimcha daromad (bonus)

Ish vaqti

  • Dushanbadan shanbagacha
  • Shanba – qisqartirilgan ish kuni

Eslatma

  • Hudud: Faqat Farg'ona shahri, Marg'ilon shahri, Toshloq tumani va Qo'shtepa tumanidan qatnab ishlay oladigan nomzodlar ko'rib chiqiladi.
  • Diqqat: Tajribasi bo'lmagan, ishni noldan o'rganmoqchi bo'lgan hamda vaqtinchalik ish izlayotgan nomzodlar ko'rib chiqilmaydi.
  • Telegramga anketangizni yuboring va unda qaysi kompaniyada, qancha muddat va qanday vazifada ishlaganligingizni albatta yozing.
  • Tanishib chiqib, o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz.
  • Iltimos, faqat ish vaqtida murojaat qiling.

Bozordan past maosh

Bu e'lon · ≈3 mln
2,2mlnminimum
6mlno'rtacha
14+mlnmaksimum
ID 120123

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari