Backend Intern/Junior (Python / FastAPI)
Bozordan past maosh
LiderMed Partners
4 000 000 – 6 000 000 so'm
Atiga 16 kishi murojaat qildi, Siz ham shoshiling!
Ish tafsilotlari
LiderMed Partners — farmatsevtika kompaniyalari uchun raqamli mahsulotlar ishlab chiqamiz. Jamoamizga backend yo'nalishida o'sishni xohlaydigan intern/junior qidiryapmiz.
Texnologiyalar: Python · FastAPI · SQLAlchemy · PostgreSQL · Alembic · Redis · Docker · pytest.
Vazifalar
- API endpoint'lar, hisobotlar va Excel eksportlarni ishlab chiqish
- Testlar yozish va mavjud kodni testlar bilan qoplash
- Loglardagi xatolarni tahlil qilish va tuzatish
- Har bir o'zgarish code review'dan o'tadi — mentor bilan ishlaysiz
- PM tomonidan berilgan Backend jarayonlarida faol bo'lish
Talablar
- Python asoslarini yaxshi bilish (funksiya, klass, istisnolar, type hint'lar)
- FastAPI, Django yoki Flask'da kamida bitta kichik loyiha (GitHub havolasi bilan)
- SQL va PostgreSQL: JOIN, GROUP BY, indeks va tranzaksiya nima ekanini tushunish
- ORM bilan ishlash tajribasi (SQLAlchemy yoki Django ORM)
- REST API: HTTP metodlar va status kodlar (400 / 401 / 403 / 404 / 409 / 500)
- Git: branch, commit, pull request
- Server bilan ishlay olish
Imtiyozlar
- Alembic yoki boshqa migratsiya vositasi
- Docker asoslari va Linux terminal
- JWT / autentifikatsiya qanday ishlashini tushunish
- UTC va mahalliy vaqt farqini to'g'ri ishlata olish
- Real foydalanuvchilarga ega jonli mahsulotda tajriba
Maosh tafsiloti
- 4-6 mln so'm
Ish vaqti
- Format: ofis
- Ish vaqti: to'liq stavka
Eslatma
Tanlov bosqichlari:
- Rezyume va GitHub havolasi
- Kichik amaliy topshiriq (FastAPI + PostgreSQL)
- Texnik suhbat
Rezyume va GitHub havolasini yuboring.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

