B2B Sotuv menejeri

B2B Sotuv menejeri

My-school.uz

10 000 000 so'mdan

32 kishi murojaat qildi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Gibrid
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Erkaklar
Yosh:22+
Talab qilinadigan tillar:O‘zbek
Afzal ko‘riladigan tillar:Rus

Ish tafsilotlari

Ish haqi: 10,000,000 so‘m (fix) + KPI

Ish tajribasi: B2B sotuv sohasida kamida 3 yillik tajriba. IT va dasturiy mahsulotlar sohasini tushunish ustunlik beradi.

Asosiy vazifalar:

  • Farg‘ona viloyatidagi barcha xususiy maktablarni tumanlar kesimida o‘rganish va qamrab olish;

  • Farg‘ona viloyatidagi ishlar yakunlangach, Namangan va Andijon viloyatlaridagi xususiy maktablarni o‘rganish va qamrab olish;

  • Maktablar bazasi bilan ishlash, ular bilan telefon orqali yoki bevosita aloqa o‘rnatish;

  • Maktablarga tashrif buyurib, My-school.uz platformasining taqdimotini o‘tkazish;

  • Muzokaralar olib borish;

  • Mijozlarning e’tirozlari bilan ishlash;

  • Sotuv jarayonini yakunlash va shartnomalarni imzolash.

Talablar:

  • Kuchli muzokara olib borish va ishontirish qobiliyati;

  • Odamlar bilan tez til topishish va kirishimlilik;

  • CRM tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasi;

  • Mustaqil qaror qabul qilish va yuqori darajadagi mas’uliyat;

  • Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va time-management ko‘nikmalari;

  • Faol va doimiy harakatdagi ishga tayyor bo‘lish;

  • Shaxsiy avtomobil va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish katta ustunlik beradi.

Biz taklif qilamiz:

  • Rivojlanayotgan IT va ta’lim loyihasida ishlash;

  • Faol va dinamik ish muhiti.

Ariza topshirish: Havola orqali ariza qoldiring.

Bozordan yuqori maosh

Bu e'lon · ≈10 mln
2mlnminimum
5mlno'rtacha
13+mlnmaksimum
ID 72092

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Farg'onada o'xshash ish o'rinlari