B2B Sotuv menejeri
Ish tafsilotlari
BITO — Markaziy Osiyo SME (kichik-o'rta biznes)lari uchun yagona operating system yaratuvchi xalqaro IT kompaniya. Bitta tizimda savdo, ombor, moliya, CRM, ishlab chiqarish va HR'ni birlashtiramiz — 2500+ biznes allaqachon bizga ishonib topshirgan. Jamoamizga natijaga yo'naltirilgan, muzokara qila oladigan B2B Sotuv menejeri izlaymiz!
Vazifalar
- Biznes-mijozlar bilan telefon orqali muloqot qilish va konsultatsiya berish
- Mijozning aniq og'riq nuqtasini aniqlab, mos yechim taklif qilish
- CRM tizimida mijozlar ma'lumotlarini kiritish, yangilash va sotuv jarayonini kuzatib borish
- Belgilangan oylik/choraklik sotuv rejasini bajarish
Talablar
- B2B sotuv bo'yicha kamida 6 oylik tajriba
- Rus tilini bilish afzallik hisoblanadi
- Murakkab mahsulotni sodda tilda tushuntira olish qobiliyati
- Muzokara olib borish va e'tirozlar bilan ishlay olish
- 18-27 yosh og'il va qizlar
Imtiyozlar
- Qulay va zamonaviy ofis
- Yosh va professional jamoa
- Barqaror maosh tizimi (fix + KPI)
- Real mahsulot bilan ishlash — 'qog'ozdagi' emas, bizneslarning kundalik muammosini hal qiladigan tizim
- Professional o'sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 fix + cheklanmagan KPI bonus
Ish vaqti
- 10:00 -19:00, 6/1
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

