B2B savdo menejeri (HoReCa / FMCG)
Ish tafsilotlari
: Zikrilla Marinade — Toshkent bo‘ylab 9 ta filialga ega, tez sur’atlarda rivojlanayotgan kompaniya. Biz o‘zimizning maxsus retseptimiz asosida sifatli marinad mahsulotlarini ishlab chiqaramiz va sotamiz. Hozirda B2B yo‘nalishini kengaytirish maqsadida tajribali va natijaga ishlaydigan B2B Savdo menejerini jamoamizga taklif qilamiz.
Talablar
- B2B savdo sohasida 1–2 yillik tajriba (HoReCa, FMCG yoki distribyutsiya yo‘nalishida bo‘lsa ustunlik beradi)
- O‘zbek va rus tillarini erkin bilish
- Muzokara olib borish va etirozlar bilan ishlash ko‘nikmasi
- Faol, harakatchan va mijozlar bilan uchrashuvlarga tayyor bo‘lish
- Toshkentdagi umumiy ovqatlanish sohasi bo‘yicha tanishlar bazasi bo‘lsa ustunlik beradi
Imtiyozlar
- Yuqori daromad va cheklanmagan bonus tizimi
- Karyera o‘sishi va professional rivojlanish
- Korporativ mobil aloqa
- Transport xarajatlari qoplanadi (yoqilg‘i yoki taksi)
- Ahil va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa
Maosh tafsiloti
- 8 000 000 – 15 000 000 so‘m (Fiks maosh + sotuvdan foiz)
Ish vaqti
- 09:00 – 19:00
- Ish grafigi: 6/1
Eslatma
10:00–19:00 oralig‘ida faqat Telegram orqali yozing.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
