Assistant

Assistant

3 500 000 – 5 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:10:00-18:00
Jins:Farqi yo'q
Talab qilinadigan tillar:Rus

Ish tafsilotlari

Toshkentdagi yangi rivojlanayotgan ko‘chmas mulk agentligimizga yosh, chaqqon va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan Assistant kerak. Bu lavozimda siz oddiygina bitta vazifani bajarib o‘tirmaysiz. Siz bir nechta rahbar bilan bevosita ishlaysiz va agentlikning kundalik ishlarini yuritishda yordam berasiz.

Vazifalar

  • OLX va boshqa platformalarga uy-joy e’lonlarini joylashtirish
  • Joylashtirilgan e’lonlarni nazorat qilish va yangilab borish
  • Kelayotgan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish
  • Mijozlar va ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan ishlash
  • Google Sheets / Excel va CRM bilan ishlash
  • Internetdan kerakli ma’lumotlarni tez topish
  • Uchrashuvlarni tashkil qilishda yordam berish
  • Rahbarlarning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish
  • Zarur hollarda boshqa tashkiliy va operatsion vazifalarda yordam berish

Talablar

  • Kompyuter va internetdan yaxshi foydalana olish
  • OLX, Instagram, Telegram va boshqa platformalarni tushunish
  • Rus tilini bilish
  • Google Sheets / Excel bo‘yicha boshlang‘ich bilim
  • ChatGPT yoki boshqa AI vositalaridan foydalanishni bilish — katta PLUS
  • Tartiblilik va e’tibor
  • Bir nechta vazifani tartib bilan olib borish qobiliyati
  • Yangi narsalarni tez o‘rganishga qiziqish

Imtiyozlar

  • Tajriba bo‘lmasa ham murojaat qilishingiz mumkin
  • Agar siz tez o‘rgansangiz va topshiriqni sifatli bajara olsangiz, biz uchun bu muhimroq

Maosh tafsiloti

  • 3 500 000 – 5 000 000 so‘m / oy
  • Maosh nomzodning bilim va qobiliyatiga qarab belgilanadi
  • Kelajakda ish natijasiga qarab KPI va bonus tizimiga o‘tish imkoniyati mavjud

Ish vaqti

  • 10:00 – 18:00
  • Grafik: 6/1

Eslatma

Murojaat qilganda ismingiz, yoshingiz va qisqacha o‘zingiz haqingizda ma’lumot yuboring.

Bozorbop maosh

Bu e'lon · 5 mln gacha
1,9mlnminimum
5mlno'rtacha
8,6+mlnmaksimum
ID 69451

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari