Arab tili yordamchi ustozi

Arab tili yordamchi ustozi

Mudarris Akademiyasi

Toshkent shahri, Sirg'ali tumaniYangihayot· Yangi hayot metro bekati (4-bekat)

Maosh: Kelishiladi

Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:14:00-19:00
Jins:Farqi yo'q
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

Mudarris Akademiyasi jamoasiga arab tilini yaxshi biladigan, tashabbuskor va o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashuvchi yordamchi o'qituvchi kerak.

Vazifalar

  • Asosiy o'qituvchiga darslarni o'tkazishda ko'maklashish
  • O'quvchilarning mashq va topshiriqlarini tekshirish hamda kuzatib borish
  • Dars materiallarini tayyorlashda yordam berish
  • Dars jarayonida tartib va intizomni ta'minlash
  • Berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish

Talablar

  • Arab tili bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lishi
  • Tajriba afzallik hisoblanadi, ammo majburiy emas
  • Yuksak muomala madaniyati, sabr-toqat va mas'uliyat
  • O'quvchilar bilan til topisha olish
  • Jamoada ishlash va yangi narsalarni o'rganishga intilish

Imtiyozlar

  • Natijangizga qarab o'sib boruvchi maosh
  • Mudarris loyihalarida siz va oila a'zolaringiz uchun maxsus chegirmalar
  • Ahil, zamonaviy va doimiy rivojlanayotgan jamoa
  • Tajriba orttirish va asosiy o'qituvchilikka o'sish imkoniyati
  • Qulay ish vaqti, o'qish yoki boshqa ish bilan uyg'unlashtirish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • Suhbatda kelishiladi

Ish vaqti

  • 14:00 – 19:00

Eslatma

Murojaat uchun havola orqali ariza topshiriladi.

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,9mlnminimum
3,3mlno'rtacha
18+mlnmaksimum
ID 123187

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari