Arab tili o‘qituvchisi

Arab tili o‘qituvchisi

Registan school

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam), Kelishiladi
Bo'sh o'rinlar:3
Jins:Farqi yo'q
Yosh:24 – 45
Talab qilinadigan tillar:Arab (Yuqori (C1–C2))
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

"Registan School" maktabimizga ma'rifat ulashuvchi, bolajon va o'z ishining ustasi bo'lgan Arab tili ustozlarini taklif etamiz!

Biz — shunchaki maktab emas, bilim va qadriyatlar maskanimiz. Bizning maqsadimiz — farzandlarimizga nafaqat tilni, balki madaniyat va odobni ham o'rgatishdir. Agar siz bolalar bilan til topisha oladigan va darslarni qiziqarli metodika bilan o'ta oladigan mutaxassis bo'lsangiz, biz sizni jamoamizda kutamiz!

Sizdan nimalar talab qilinadi?

  • Tajriba: Arab tili bo‘yicha kamida 1-2 yillik pedagogik ish tajribasi.

  • Bilim darajasi: Kamida CEFR B2 darajasidagi sertifikat (ona tili darajasida bilish ustunlik beradi).

  • Til ko'nikmasi: Rus tilini bilish ustunlik beradi. darslarni erkin, qiziqarli va tushunarli o‘ta olish (eng muhim shartimiz).

  • Metodika: Darslarni erkin, qiziqarli va tushunarli o‘ta olish (eng muhim shartimiz). bolalari uchun zamonaviy va interaktiv o‘qitish usullarini qo‘llash.

  • Shaxsiy fazilatlar: Bolajonlik, mas'uliyat va o‘z ustida doimiy ishlashga ishtiyoq.

Biz sizga nimalarni taklif qilamiz?

O‘sish maydoni: Kasbiy mahoratingizni oshirish uchun bepul treninglar va seminarlar.

"Dream Team": Har doim yordamga tayyor, yosh va ahil jamoa.

Komfort: Kompaniya hisobidan har kuni mazali va issiq tushlik.

Imtiyozlar: Jamoat transportidan foydalanish uchun bepul yo'l kartalari.

Motivatsiya: Doimiy bonuslar, rag‘batlantirish tizimi va ta’lim olish uchun maxsus chegirmalar.

Ish vaqti: 5/2 tizimi (08:00 dan 16:30 gacha) — shaxsiy rivojlanish uchun ham vaqt qoladi!

Muhim ma'lumotlar:

  • Ish joyi: Samarqand shahri, Shirin massivi.

  • Maosh: Suhbat asosida (sizning tajribangiz va mahoratingizga loyiq baholanadi).

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,5mlnminimum
5,5mlno'rtacha
25+mlnmaksimum
ID 63637

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Samarqandda o'xshash ish o'rinlari