Aloqa markazi operatori (ayollar)
3 500 000 so'mdan
Ish tafsilotlari
Qo‘qonda yangi imkoniyat! Aloqa markazi operatori lavozimiga chaqqon, xushmuomala va muloqotga kirishuvchan qizlar va ayollarni jamoamizga taklif qilamiz! Tajriba shart emas — biz sizni o‘rgatamiz! Agar odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirsangiz va rivojlanishga intilsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Muhim: ishga qabul qilish 4 oylik muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Vazifalar
- Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va ma’lumotlarni dasturga kiritish
- Mijozlarga aksiya, chegirma va takliflar haqida ma’lumot berish
- Buyurtma, taklif va e’tirozlarni qabul qilish hamda mas’ullarga yetkazish
- Har bir mijoz bilan xushmuomala va samarali muloqot qilish
Talablar
- Ayol nomzodlar
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan
- Sirtqi yoki masofaviy ta’limda o‘qiyotgan talabalar ham ko‘rib chiqiladi
- O‘zbek tilida ravon va chiroyli so‘zlasha oladigan
- Rus tilini bilishi — afzallik
- Kompyuterda boshlang‘ich ishlash ko‘nikmasiga ega
- Xushmuomala, mas’uliyatli va ijobiy kayfiyatdagi
Imtiyozlar
- Tajriba shart emas — o‘qitib, qo‘llab-quvvatlaymiz
- Karyera o‘sishi: yaxshi natijalar bilan Supervayzer lavozimigacha o‘sish imkoniyati
Maosh tafsiloti
- Oylik maosh: 3 500 000 so‘m qo‘lga + KPI bonuslar
Ish vaqti
- Haftada 5 kun, kuniga 8 soat
Eslatma
- Ishga qabul qilish 4 oylik muddatli mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
