Akademiya direktori

Akademiya direktori

AsiaLuxe Academy

8 000 000 – 15 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To‘lov:Oylik
Format:To‘liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam), 5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Jins:Farqi yo‘q

Ish tafsilotlari

AsiaLuxe Academy — turizm yo‘nalishidagi akademiya. Akademiyaga direktor kerak!

Talablar

  • Bosh direktor, boshqaruvchi direktor yoki akademiya rahbari lavozimida kamida 3 yillik tajriba
  • Turizm yoki sayyohlik agentligi sohasida majburiy ish tajribasi
  • Ta’lim loyihasi yoki akademiyani boshqarish tajribasi — ustunlik
  • Jamoa va bir nechta yo‘nalishni bir vaqtda boshqarish ko‘nikmasi
  • Sotuvlarni boshqarish va tijorat rejalarini bajarish tajribasi
  • Budjet, daromad va xarajatlarni boshqarish ko‘nikmasi
  • KPI va motivatsiya tizimini shakllantira olish
  • Kuchli yetakchilik, muzokara va muloqot ko‘nikmalari
  • Tizimli va tahliliy fikrlash, yuqori mas’uliyat

Vazifalar

  • Akademiyaning strategik va kundalik faoliyatini boshqarish
  • Moliyaviy va operatsion natijalar uchun mas’ul bo‘lish
  • Budjet, daromad va xarajatlarni rejalashtirish hamda nazorat qilish
  • Sotuvlar bo‘limini boshqarish va daromadni oshirish
  • Marketing faoliyati samaradorligini nazorat qilish
  • Xodimlarni tanlash, moslashtirish va rivojlantirish jarayonlarida HR bilan ishlash
  • Akademiya jamoasini boshqarish (4 nafar xodim)
  • O‘qituvchilarni tanlash va ular bilan ishlash
  • Dars jadvalini shakllantirish va yangi guruhlar ochish
  • Ta’lim jarayoni, imtihonlar va talabalar bilan ishlash sifatini nazorat qilish
  • O‘zbek tili onlayn kurslari yo‘nalishini rivojlantirish
  • Xodimlar KPI ko‘rsatkichlarini belgilash va natijalarini baholash
  • Ichki jarayonlarni optimallashtirish va akademiya faoliyati samaradorligini oshirish

Maosh tafsiloti

  • 8 000 000 – 15 000 000 so‘m

Ish vaqti

  • 6/1 yoki 5/2, kuniga 9 soat yoki kelishuv asosida
  • Ish turi: oflayn
  • Manzil: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 27A

Bozorbop maosh

Bu e’lon · 15 mln gacha
3,3mlnminimum
6mlno‘rtacha
120mlnmaksimum
ID 129274

Ogoh bo‘ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o‘rnatish, pul o‘tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so‘ralsa, rozi bo‘lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to‘g‘riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o‘xshash ish o‘rinlari