AI mutaxassisi (Prompt Engineer & Creator)
Bu rol uchun odatdagi maosh
Maosh: Kelishiladi
Ish tafsilotlari
Jamoamizga kuchli AI Mutaxassisi (Prompt Engineer & Creator) qidirmoqdamiz! Zamonaviy sun’iy intellekt vositalarini chuqur tushunadigan, g‘oyalarni yuqori sifatli vizual va matnli natijaga aylantira oladigan o‘z ishining ustasini qidiryapmiz. Agar siz AI imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, loyihalarga aniq natija bera olsangiz — bu taklif aynan siz uchun! Biz AI’ni shunchaki ishlata oladigan emas, undan professional darajada foydalanib, real natija yarata oladigan mutaxassis izlayapmiz.
Talablar
- Turli AI platformalarida erkin ishlash
- Professional prompt yozish va prompt engineeringni yaxshi tushunish
- AI orqali foto, video, reklama va kreativ kontent yaratish
- Bir vazifani bir nechta AI vositasi orqali yechib, eng yaxshi natijani topa olish
- Mustaqil ishlash va vazifani oxirigacha yetkazish
- Deadline’ga qat’iy rioya qilish
- Mas’uliyat, intizom va tezkorlik
- O‘z ishining natijasini portfolio orqali isbotlay olish
Imtiyozlar
- Qo‘shimcha ustunlik: After Effects, Premiere Pro va professional video montajni bilish, AI video generatorlari bilan ishlash tajribasi
Eslatma
E'lonni yaxshilab oʻqib kegin murojat qiling. Murojaat qilganda yuboring: Ism | Yosh | Yashash manzili | Tajriba | Portofilo.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

