AI mutaxassisi (Prompt Engineer & Creator)

AI mutaxassisi (Prompt Engineer & Creator)

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

Jamoamizga kuchli AI Mutaxassisi (Prompt Engineer & Creator) qidirmoqdamiz! Zamonaviy sun’iy intellekt vositalarini chuqur tushunadigan, g‘oyalarni yuqori sifatli vizual va matnli natijaga aylantira oladigan o‘z ishining ustasini qidiryapmiz. Agar siz AI imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, loyihalarga aniq natija bera olsangiz — bu taklif aynan siz uchun! Biz AI’ni shunchaki ishlata oladigan emas, undan professional darajada foydalanib, real natija yarata oladigan mutaxassis izlayapmiz.

Talablar

  • Turli AI platformalarida erkin ishlash.
  • Professional prompt yozish va prompt engineeringni yaxshi tushunish.
  • AI orqali foto, video, reklama va kreativ kontent yaratish.
  • Bir vazifani bir nechta AI vositasi orqali yechib, eng yaxshi natijani topa olish.
  • Mustaqil ishlash va vazifani oxirigacha yetkazish.
  • Deadline’ga qat’iy rioya qilish.
  • Mas’uliyat, intizom va tezkorlik.
  • O‘z ishining natijasini portfolio orqali isbotlay olish.

Imtiyozlar

  • Qo‘shimcha ustunlik: After Effects, Premiere Pro va professional video montajni bilish, AI video generatorlari bilan ishlash tajribasi.

Eslatma

Murojaat qilganda yuboring: Ism | Yosh | Yashash manzili | Tajriba | Portofilo.

Bu rol uchun odatdagi maosh

2,1mlnminimum
6,5mlno'rtacha
19+mlnmaksimum
ID 100369

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Namanganda o'xshash ish o'rinlari