Agronom
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ish tafsilotlari
“Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga agronom kasbi bo`yicha rezyumelar qabul qilinadi. Rezyumelar 2026-yil 16-oktyabrdan 23-oktyabrga qadar qabul qilinadi.
Vazifalar
- Yerlardan samarali foydalanish, tuproqni ekishga tayyorlash, oʻgʻitlash, sugʻorish, zararkunanda va begona oʻtlarga qarshi kurashish (kimyoviy va biologik ishlov berish) jarayonlarini nazorat qilish
- Xarajatlarni pasaytirish
- Ekilgan yerlarning kasallanishi va buzilishini kamaytirish
- Mehnat unumdorligini oshirish
- Agrotexnik ishlarni amalga oshirishda mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga rioya qilish
- Oʻgʻitlarni qoʻllashda belgilangan meʼyorlarga rioya etilishini taʼminlash
- Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarining bajarilishi
- Mehnat va ijro intizomiga rioya qilish
- Agrotexnik ishlar sifati va muddatlarini, mehnat muhofazasi hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish
- Bajarilgan ishlar, sarflangan materiallar, ekilgan koʻchatlar va ularning saqlanib qolish darajasi boʻyicha hisob yuritish va hisobotlarni taqdim etish
- Oʻsimliklarda kasallik va zararkunandalarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va qarshi kurash choralarini tashkil etish
- Agrotexnik tadbirlar xarajatlarini hisoblash, materiallarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash va xarajatlarni maqbullashtirish boʻyicha takliflar kiritish
- Koʻkalamzorlashtirish ishlari rejasini ishlab chiqish, daraxt va butalarning yashovchanligi hamda parvarishlanishini nazorat qilish
- Urugʻ, koʻchat, oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining sifati, sarf meʼyorlari va saqlash shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
- Koʻchatxona va issiqxonalar faoliyatini tashkil etish, urugʻ va koʻchatlarni yetishtirish, parvarishlash hamda mavsumiy ekish ishlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash
- Suv resurslaridan oqilona foydalanish, sugʻorish grafiklarini ishlab chiqish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar kiritish
- Korxonaga biriktirilgan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, yer unumdorligini saqlash va oshirish choralarini koʻrish
Talablar
- Maʼlumoti: Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim
- Ish tajribasi: 2 yildan kam boʻlmagan mehnat staji va ish tajribasiga ega boʻlishi
- Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish texnologiyasini bilishi
- Koʻchat yetishtirish, ularni parvarishlash, ularning qiymati, yetishtirish usullari, muddati va vegetatsiya davrini bilishi
- Urugʻ va koʻchatlar navlarini toʻgʻri tanlay olishi, koʻchat turlarini kengaytirish, sifatini oshirish
- Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
- Personal kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlay bilishi
- Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishi (AKT)
- Hamkasblar va oʻz qoʻl ostidagilar bilan ishlay olishi
Imtiyozlar
- Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi
Eslatma
Rezyumelarga biriktirish lozim: Pasport, Diplom, Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʼlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʼlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Bu rol uchun odatdagi maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
