Administrator (raqs studiyasi)
Ish tafsilotlari
GULDASTA INTERNATIONAL DANCE SCHOOL jamoasiga ADMINISTRATOR qidiramiz! Yunusobod filiali uchun energiyali, mas’uliyatli va rivojlanishni istaydigan qizlarni ishga taklif qilamiz!
Talablar
- Ozoda va saramjon bo’lsangiz
- Xushmuomala va odamlar bilan tez til topisha olsangiz
- Sotuvni tushunsangiz yoki o’rganishga tayyor bo’lsangiz
- Telefon orqali chiroyli gaplasha olsangiz
- Instagram va Telegram uchun oddiy video hamda stories olishni (mobilografiya) bilsangiz
- Jamoada ishlashni va natija qilishni yoqtirsangiz
- Yosh chegarasi: 25-35
Vazifalar
- Mijozlarni kutib olish va ularga xizmat ko’rsatish
- Telefon va Telegram orqali yozgan mijozlarga javob berish
- Abonement sotish va yangi mijozlarni jalb qilish
- Kundalik hisobotlarni yuritish
- Studio hayotidan foto va videolar olib, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash
Imtiyozlar
- 3 kunlik Seyshanba-payshanba-shanba
- Karyerada o’sish imkoniyati (Administrator → Katta administrator → Filial boshqaruvchisi)
- Bepul trening va rivojlanish
- Ahil va professional jamoa
- Zamonaviy, chiroyli va ilhomlantiruvchi ish muhiti
Maosh tafsiloti
- 3000 000 + (KPI va natijaga qarab)
Ish vaqti
- 9:00-19:00
Eslatma
Biz uchun diplomdan ko’ra mas’uliyat, intilish va natija muhim! Agar siz oddiy ish emas, balki o’sish, rivojlanish va yuqori daromadga ega bo’lishni istasangiz, bizga yozing! Rezyume yoki o’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumotni yuboring.
Bozordan past maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
