Administrator (raqs maktabi)
GULDASTA INTERNATIONAL DANCE SCHOOL
4 000 000 – 6 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
GULDASTA INTERNATIONAL DANCE SCHOOL jamoasiga ADMINISTRATOR qidiramiz! Yunusobod filiali uchun energiyali, mas’uliyatli va rivojlanishni istaydigan qizlarni ishga taklif qilamiz!
Vazifalar
- Mijozlarni kutib olish va ularga xizmat ko’rsatish
- Telefon va Telegram orqali yozgan mijozlarga javob berish
- Abonement sotish va yangi mijozlarni jalb qilish
- Kundalik hisobotlarni yuritish
- Studio hayotidan foto va videolar olib, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash
Talablar
- Qizlar
- Ozoda va saramjon bo’lish
- Xushmuomala va odamlar bilan tez til topisha olish
- Sotuvni tushunish yoki o’rganishga tayyorlik
- Telefon orqali chiroyli gaplasha olish
- Instagram va Telegram uchun oddiy video hamda stories olishni (mobilografiya) bilish
- Jamoada ishlashni va natija qilishni yoqtirish
- Yosh chegarasi: 25-35
- Özbek va Rus tilini mukammal bilishi kerak
Imtiyozlar
- Karyerada o’sish imkoniyati (Administrator → Katta administrator → Filial boshqaruvchisi)
- Bepul trening va rivojlanish
- Ahil va professional jamoa
- Zamonaviy, chiroyli va ilhomlantiruvchi ish muhiti
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 – 6 000 000 so’m (KPI va natijaga qarab)
Ish vaqti
- 9:00-19:00
Eslatma
Biz uchun diplomdan ko’ra mas’uliyat, intilish va natija muhim! Rezyume yoki o’zingiz haqingizda qisqacha ma’lumotni yuboring.
Bozordan yuqori maosh
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
