Administrator (klinika)

Administrator (klinika)

SOFYOUMED KLINIKASI

Maosh: Kelishiladi

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam)
Ish vaqti:09:00-18:00
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

SOFYOUMED KLINIKASI JAMOASIGA ADMINISTRATOR IZLAYDI! Siz tartibli, mas’uliyatli, odamlar bilan yaxshi muloqot qila oladigan va boshqaruv qobiliyatiga ega mutaxassismisiz? Unda SofYouMed klinikasi sizni o‘z jamoasiga taklif qiladi!

Vazifalar

  • Xodimlar ishini tashkil etish va nazorat qilish.
  • Ish grafiklarini tuzish va intizomni nazorat qilish.
  • Klinika tozaligi va tartibini doimiy nazorat qilish.
  • Daromad va xarajatlar hisobini yuritish.
  • Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
  • Bemorlarning murojaatlari va fikr-mulohazalari bilan ishlash.
  • Tibbiyot vakillari bilan uchrashuvlarni muvofiqlashtirish.
  • Yangi dori vositalari va tibbiy materiallar bo‘yicha takliflarni o‘rganish.
  • Klinikadagi kundalik ish jarayonlarini samarali tashkil etish va yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal qilish.

Talablar

  • Ma’muriy yoki boshqaruv lavozimida kamida 1 yil tajriba.
  • Mas’uliyatli va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
  • Xodimlar va bemorlar bilan yaxshi muloqot qila olish.
  • Tibbiyot vakillari bilan ishlash ko‘nikmasi.
  • Jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirish qobiliyati.
  • Tibbiyot sohasidagi tajriba — afzallik.

Imtiyozlar

  • Kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati.
  • Ahil va professional jamoada ishlash imkoniyati.

Maosh tafsiloti

  • Maosh: suhbat asosida kelishiladi.

Ish vaqti

  • Ish grafigi: 6/1.
  • Ish vaqti: 09:00–18:00.

SOFYOUMED — sog‘liq uchun professional yondashuv!

Bu rol uchun odatdagi maosh

1,7mlnminimum
3,3mlno'rtacha
9+mlnmaksimum
ID 105948

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Buxoroda o'xshash ish o'rinlari