1C biladigan buxgalter

1C biladigan buxgalter

2 000 000 – 3 000 000 so'm

To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Ish vaqti:09:00-16:00
Jins:Farqi yo'q
Hali qaynoq

Ish tafsilotlari

Buxgalter kerak. Kompaniyamiz asosan ko‘chmas mulklarni ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ish jarayonida ijara shartnomalarini tuzish, hisob-fakturalarni rasmiylashtirish va boshqa buxgalteriya hujjatlari bilan ishlanadi.

Talablar

  • Soliq va buxgalteriya hisobotlarini yaxshi tushunishi
  • 1C dasturida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi
  • e-ijara.soliq.uz va Didox platformalarida erkin ishlay olishi
  • Shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda yuborishni bilishi
  • Mijozlar va firmalarning to‘lovlarini nazorat qilib borishi
  • To‘lov muddati yaqinlashganda yoki qarzdorlik yuzaga kelganda firmalarni o‘z vaqtida ogohlantirib turishi
  • Hisob-kitoblarni tartibli yuritishi
  • Mas’uliyatli, faol, halol va punktual bo‘lishi

Maosh tafsiloti

  • 2-3 mln so‘m

Ish vaqti

  • 9:00-16:00

Imtiyozlar

  • Hamkorlik asosida ishlanadi
  • Ofis bilan ta’minlanadi
  • Mijozlar va yangi firmalar topishda yordam beriladi

Eslatma

  • Faqat 1C, e-ijara.soliq.uz, Didox va buxgalteriya hisobotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlar murojaat qilishlari so‘raladi.
  • Faol, mas’uliyatli va uzoq muddatli hamkorlikka tayyor xodim kerak.
  • Agar yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, iltimos, Telegram orqali rezyumengizni yuboring.

Bozordan past maosh

Bu e'lon · 3 mln gacha
3mlnminimum
8mlno'rtacha
24+mlnmaksimum
ID 102457

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

Toshkentda o'xshash ish o'rinlari