Менеджер по продажам

Категории:

Продажи, Торговля

Дата добавления:

20/09/2025

Описание

Ish tajribasi: xizmatlar sotuvi sohasidagi tajribasi 2 yildan oshiq.

Oylik maosh: 10 - 24 mln so‘m (KPIdan kelib chiqib)

Ish kunlari: 5 kun, doimiy aloqada boʻlish.

Manzil: Labzak ko‘chasi, 70 (Toshkent, Labzak)

Talabgorlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:

Bojxona deklaratsiyasi sohasidagi xizmatlar sotuvini kengaytirish, deklaratsiya xizmatiga ehtiyoji bor mijozlarni jalb qilish.

Yoshi: cheklanmagan

Til bilish darajasi: o‘zbek tili - a’lo, rus va ingliz tilini bilish ustuvorlik beradi.

- Microsoft office dasturida ishlay olish;

- koʻrsatiladigan xizmatlar va kompaniya faoliyat yuritadigan bozor haqida maʼlumotga ega boʻlish;

- CRM tizimlari bilan ishlay olish;

- yangi mijozlar izlash;

- mijozlar bilan muloqot qilish va muzokaralar olib borish qobiliyati (soft skills);

- taqdimot va mijozlarni ishontirish qobiliyatlari;

- mijozlar bazasini rivojlantirish;

- tijorat takliflarini tayyorlash.

Majburiyatlari:

- Sovuq qoʻngʻiroqlar, elektron pochta xabarnomalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa kanallar orqali yangi mijozlarni qidirish va jalb qilish;

- kompaniya xizmatlarining taqdimotlarini oʻtkazish;

- mijozlarning talablaridan kelib chiqib koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha maslahat berish;

- mijozga ish jarayonining barcha bosqichlarida hamrohlik qilish;

- marketing tadbirlari va koʻrgazmalarida ishtirok etish;

- belgilangan sotuv rejalariga erishish va ularni ortigʻi bilan bajarish;

- sotuv natijalarini kuzatib, maʼlumotlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash.

Shaxsiy fazilatlar:

- odamlar bilan umumiy tilni topish, tinglash va ishontirish qobiliyati;

- qiyin vaziyatlarda ham oʻzini xotirjam saqlash qobiliyati;

- natijalar sari harakat qilish;

- masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish va yangi gʻoyalarni taklif qilish qobiliyati;

- muammolarni hal qilishda nostandart yondashuvlarni izlash.

Import bojxona deklaratsiyasi — bu chet davlatdan O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovar va mahsulotlar haqida bojxona organlariga rasmiy ma’lumot berish uchun to‘ldiriladigan hujjat.

Адрес

Ташкент, улица Лабзак, 70Б

Зарплата

10 000 000 - 24 000 000 сум
3
0
102
4690

Подпишитесь на Telegram-канал

И получайте новые вакансии по своей специальности в числе первых