Tekstilda Planlamachi

10 Iyun 2026

Tekstilda Planlamachi

LUXTEX

Toshkent viloyati, Qibray tumani

4 000 000 – 20 000 000 so'm

Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:6/1 (6 kun ish, 1 kun dam), Kelishiladi
Ish vaqti:8:00-18:00
Jins:Erkaklar
Yosh:24 – 32

Ish tafsilotlari

Talablar:

Yosh: 24–30 yosh

Tekstil sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi

Planlama yo‘nalishida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi

300 nafardan ortiq xodim ishlaydigan tekstil korxonasida tajribaga ega bo‘lishi

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi

Shaxsiy avtomobili bo‘lishi ma'qul

Outsource asosida ishlashi ham mumkin

Vazifalar:

Ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va barcha bosqichlarda nazorat qilish.

Buyurtmalar muddatidan kelib chiqib ishlab chiqarish rejalarini tuzish va yuritish.

Ishlab chiqarish quvvatlari hamda sexlar yuklamasini to‘g‘ri taqsimlash.

Xomashyo, material va furnituralarning ishlab chiqarishga o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilish.

Ishlab chiqarish rejasining bajarilishini tahlil qilish va zarur hollarda tezkor o‘zgartirishlar kiritish.

Ta'minot, ombor, ishlab chiqarish, sifat nazorati va logistika bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.

Kunlik, haftalik va oylik ishlab chiqarish hisobotlarini tayyorlash.

Buyurtmalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilish va bekor turish holatlarini kamaytirish.

Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish hamda uni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Excel, ERP tizimlari va boshqa rejalashtirish dasturlari bilan ishlash.

Korxonaning ishlab chiqarish maqsadlari va KPI ko‘rsatkichlariga erishilishini ta'minlash.

Ishlab chiqarishdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Sharoitlar:

Ish haqi:

Fiksa + KPI 4 000 000 so‘mdan 20 000 000 so‘mgacha

Qo‘shimcha ma'lumotlar:

Qolgan ma'lumotlar suhbat jarayonida muhokama qilinadi.

ID 32010

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar