Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha stajirovka

1 May 2026

Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha stajirovka

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

Olmaliq

Maosh: Kelishiladi

Manba:Unilance
Format:Stajirovka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Sun’iy intellektni rivojlantirish va joriy qilish bo‘limi iqtidorli yoshlarni AI yo‘nalishidagi stajirovka dasturida ishtirok etishga taklif etadi. Yo'nalish: Sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha.

Vazifalar

  • Ishlab chiqarish jarayonlariga AI yechimlarini joriy etishda ishtirok etish
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash va tahlil qilish
  • AI modellari uchun datasetlar tayyorlash
  • Raqamlashtirish loyihalarida faol qatnashish

Talablar

  • Ish tajribasi talab etilmaydi
  • Python, SQL yoki boshqa dasturlash tillarini bilish (ustunlik beradi)
  • Sun’iy intellekt va Machine Learning asoslarini tushunish (ustunlik beradi)
  • Data Analysis (ma’lumotlarni tahlil qilish) ko‘nikmalari (ustunlik beradi)
  • Excel, Power BI yoki boshqa analitik vositalardan foydalanish (ustunlik beradi)
  • Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash tajribasi (ustunlik beradi)
  • IT yoki AI bo‘yicha sertifikatlar mavjudligi (ustunlik beradi)
  • Sanoat ishlab chiqarish jarayonlari haqida boshlang‘ich bilimlar (ustunlik beradi)

Imtiyozlar

  • Stajirovka yakunida rasmiy sertifikat taqdim etiladi
  • Sertifikatda ishtirokchining real sanoat loyihalaridagi ishtiroki va erishgan natijalari aks ettiriladi
  • Zamonaviy va qulay ish muhitiga ega ofisda faoliyat yuritish imkoniyati yaratiladi
  • Tajribali mutaxassislardan iborat professional jamoa bilan ishlash imkoniyati taqdim etiladi
  • Real loyihalarda amaliy ishtirok etish orqali tajriba orttirish imkoniyati beriladi
  • Stajirovka davomida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar kelgusida ishga qabul qilinishi mumkin
  • Real sanoat muhitida ishlash va professional portfolioni shakllantirish imkoniyati

Maosh tafsiloti

  • Stajirovka davomida oylik ish haqi to‘lanmaydi
  • Ovqatlanish va transport bilan bog‘liq xarajatlar stajyor hisobidan qoplanadi

Ish vaqti

  • Amaliyot muddati: 3 oy

Eslatma

  • Arizalar 2026-yil 1-maydan 10-mayga qadar qabul qilinadi
  • Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuborishlari so‘raladi: Rezyume (CV), Diplom nusxasi (mavjud bo‘lsa), Sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa)
  • Tanlov jarayoni: Barcha arizalar ko‘rib chiqiladi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan keyingi bosqichlar bo‘yicha aloqa o‘rnatiladi
ID 3678

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar