Savdo agenti (bolalar tagliklari)
Savdo agenti (bolalar tagliklari)
'Konida' MCHJ
$300 – 600
Ish tafsilotlari
ISHGA TAKLIF! 'Konida' MCHJ kompaniyasiga Savdo agenti kerak.
Ish haqida qisqacha maʼlumot: mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri xaridorlarga yoki doʻkonlarga sotish, mahsulot haqida maʼlumot berib buyurtma olish. Hozirda asosiy mahsulot: bolalar tagliklari (Huggies brandi Xitoyda ishlab chiqarilgan original mahsulot), elektronika mahsulotlari, kiyimlar va boshqalar. Mahsulotlar Xitoydan keltiriladi.
Vazifalar
- Mahsulotlarni toʻgʻridan toʻgʻri xaridorlarga yoki doʻkonlarga sotish
- Mahsulot haqida maʼlumot berib buyurtma olish
Talablar
- Mas’uliyatli va tartibli bo‘lish
- Savdo sohasida eng kamida 1 yillik tajribaga ega bo'lish
- Mijozlar va hamkorlar bilan ishlash qobilyati
- Qat'iyatli va sabrli bo'lish, kompyuterdan foydalana olish
- Til bilish: Oʻzbek, Rus tili va Ingliz tili (yoki xitoy tili)
- Yosh: 24–30 yosh (Talabalar olinmaydi!!!)
- Jinsi: Farqi yo‘q (lekin ish yuzasidan ayol qizlar koʻproq maʼqullanadi)
Imtiyozlar
- Rasmiy ish joyi
- Xalqaro networking va tajriba orttirish imkoniyati
- Yoʻl xarajatlari qoplanadi
Maosh tafsiloti
- 300-600$
- Suhbat davomida kelishiladi, oylik oshib boradi va qoʻshimcha bonuslar bor!
Ish vaqti
- Suhbat davomida kelishamiz, moslashuvchan grafik
Eslatma
Telegramdan yozganda darhol oʻz haqingizda va ish tajribangiz haqidagi maʼlumotni, yani CV yuboring.
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

