Пайвандчи - Чилангар
Пайвандчи - Чилангар
Hududgaz Andijon
5 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialiga Payvandchi - Chilangar yigitlarni ishga taklif qilamiz. Andijon viloyatida gaz ta'minotini yanada yaxshilash, joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda gaz quvurlarini estetik jihatdan tartibga keltirish ishlari keng ko'lamda olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali malakali va tegishli ruxsatnomaga ega bo'lgan yuridik hamda jismoniy turdagi gaz payvandchi-chilangarlar va fuqarolarni ishga taklif qiladi.
Talablar
- Malakali va tegishli ruxsatnomaga ega bo'lish
- Faqat yigitlar
Imtiyozlar
- Chilangar-payvandchilar fuqaroviy shartnoma asosida, yuridik shaxslar esa tegishli shartnomalar asosida ish olib boradilar
- Shartnomalar 6 oy muddatga tuziladi
Maosh tafsiloti
- Xizmat haqqi bajarilgan ishlar hisobida asosida to'lanadi va 5.000.000 so'mgacha tashkil qilishi mumkin
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
