Moliyachi (ishlab chiqarish)
19 May 2026
Moliyachi (ishlab chiqarish)
bazalt paxtasi va issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish
Nukus shahrisanoat zonasi
Maosh: Kelishiladi
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q
Ish tafsilotlari
Bazalt paxtasi va issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish kompaniyasi uchun vakansiya.
Vazifalar
- kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
- boshqaruv hisobi va ichki moliyaviy hisobotlarni yuritish
- ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini nazorat qilish
- plan-fakt tahlillarini tayyorlash
- byudjetlashtirish va moliyaviy rejalashtirish jarayonlarida ishtirok etish
- rahbariyat uchun moliyaviy hisobot va tahlillar tayyorlash
Talablar
- moliya yoki buxgalteriya yo‘nalishida ish tajribasi bo'lishi shart
- ishlab chiqarish sohasida moliyachi sifatida tajriba ustunlik bo'ladi
- NSBU (milliy buxgalteriya standartlari) bo‘yicha bilim
- boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlilni yaxshi tushunish
- byudjetlashtirish, plan-fakt tahlili va xarajatlar nazorati bo‘yicha ko‘nikmalar
- Excel va moliyaviy hisobotlar bilan ishlash tajribasi
- mas’uliyatlilik va analitik fikrlash
Imtiyozlar
- rasmiy ishga joylashish
- barqaror ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash
- professional rivojlanish imkoniyati
- raqobatbardosh oylik maosh (suhbat asosida)
Eslatma
Vakansiyaga ariza topshirish uchun rezyume yoki obyektivka yuborishingiz so‘raladi.
ID 19239
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
