Middle QA Engineer

Bugun 14:13

Middle QA Engineer

SQB (Sanoat Qurilish Bank)

Toshkent

Maosh: Kelishiladi

Manba:Unilance
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

SQB (Sanoat Qurilish Bank) jamoasiga Middle QA Engineer izlayapmiz! Raqamli banking ekotizimini birgalikda rivojlantirish va mahsulotlarimiz sifatini eng yuqori darajada ushlab turish uchun tajribali mutaxassisni jamoamizga taklif etamiz.

Vazifalar

  • Mobil ilovalarni qo'lda (manual) testlash
  • Test-dokumentatsiyalarini (test-keyslar, chek-listlar) ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash
  • Defektlarni aniqlash, lokalizatsiya qilish, rasmiylashtirish va ularning tuzatilishini nazorat qilish
  • Funktsional, integratsion va regressiv testlash jarayonlarini o'tkazish
  • Dasturchilar jamoasi bilan faol muloqotda bo'lish
  • Ishlab chiqish va testlash jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish

Talablar

  • Tajriba: QA sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Nazariya: Testlash nazariyasi va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish (SDLC) jarayonlarini chuqur tushunish
  • Arxitektura: Mijoz-server (Client-server) arxitekturasini yaxshi bilish
  • Mobil: Mobile (iOS, Android) platformalarini testlash tajribasi
  • Tools: Snifferlar (Charles, Proxyman) bilan ishlash ko'nikmasi
  • API & SQL: Postman (REST API) va SQL bo'yicha mustahkam bilimlar
  • Jira: Xatoliklarni kuzatish tizimlari (bizda Jira) bilan ishlash tajribasi
  • O'zbek tili: Texnik hujjatlar bilan ishlash va jamoada erkin muloqot qilish uchun o'zbek tilini mukammal (og'zaki va yozma) bilish shart

Imtiyozlar

  • O'zbekistonning eng yirik banklaridan birida professional o'sish
  • Zamonaviy texnologik stek va qiziqarli loyihalar
  • Raqobatbardosh ish haqi va qulay mehnat sharoitlari
ID 3644

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar