Matematika oʻqituvchisi
Bugun 11:07
Matematika oʻqituvchisi
Rahimov school
Farg'ona shahri
11 000 000 – 12 500 000 so'm
Manba:Telegram kanal/guruh yoki Cloz.uz
To'lov:Oylik
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jadval:5/2 (5 kun ish, 2 kun dam)
Ish vaqti:08:30-17:30
Jins:Farqi yo'q
Ish tafsilotlari
Matematika oʻqituvchisi kerak.
Vazifalar
- Natijaga yo‘naltirilgan o‘qitish: Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida dars o‘tish va har bir chorak yakunida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilangan maqsadli darajaga olib chiqish
- Imtihonlarga maqsadli tayyorlov: O‘quvchilarni milliy sertifikat (A/A+ darajasi), DTM testlari hamda xalqaro akademik imtihonlarga (SAT, GRE kabi) tizimli tayyorlash
- Individual rivojlanish traektoriyasi: O‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, iqtidorli o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash va o‘zlashtirishi past bo‘lganlar bilan alohida ishlash
- Akademik monitoring va tahlil: Har bir o‘quvchining o‘sish dinamikasini ichki monitoring tizimida yuritish, natijalar asosida o‘quv metodikasiga tuzatishlar kiritish
- Zamonaviy metodika va texnologiyalar: Dars jarayonida interaktiv metodlarni va raqamli ta'lim platformalarini qo‘llash orqali fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish
Talablar
- Ta’lim sohasida oliy ma’lumotga ega
- Kamida 3 yillik samarali ish tajribasi
- Matematika fanidan A+ yoki A darajali sertifikat
- Pedagogik mahorat sertifikati oliy yoki birinchi toifa
- Jamoada sogʻlom va ijobiy muhit yarata olish
Maosh tafsiloti
- 11 000 000 - 12 500 000 soʻm
Ish vaqti
- 08:30 - 17:30 | 5/2
Eslatma
Yuqoridagi talablarga to‘liq mos kelsangiz, murojaat qiling.
ID 17899
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
