Loyiha menejeri (marketing agentligi)
Kecha 06:01
Loyiha menejeri (marketing agentligi)
BrandOn Marketing jamoasi
Toshkent shahri
7 000 000 – 15 000 000 so'm
Ish tafsilotlari
Biz tibbiyot, ta’lim va biznes sohalarida loyihalar yuritadigan marketing agentligimiz. Hozirda loyihalarimiz soni ortib bormoqda va bizga shunchaki “chatda javob berish” bilan cheklanmay, jarayonlarni nazorat qila oladigan xodim kerak.
Vazifalar
- Jamoaning vazifalarini nazorat qilish
- Belgilangan muddatlarga rioya qilinishini kuzatish
- Loyihalarni yuritish va har birining qaysi bosqichdaligini bilish
- Mijozlar bilan muloqot o‘rnatish, mijozdan ma’lumotlar yig‘ish
- SMM mutaxassislari, dizaynerlar, montajchilar va targetologlar ishini nazorat qilish
- Tasvirga olish jarayonlari va kontent-rejalarni tashkillashtirishga yordam berish
- Vazifalarni Notion yoki jadvallarda qayd etib borish
- Loyihalarning tartibsizliklar ichida 'yo‘qolib' qolmasligini ta’minlash
Talablar
- Marketing / SMM sohasida tajribangiz bo‘lsa
- Reels, target va kontent qanday ishlashini tushunsangiz
- Tizimli ishlay olsangiz
- Ko‘p vazifalardan cho‘chimasangiz
- Xotirjam va professional muloqot qila olsangiz
Maosh tafsiloti
- 7 - 15 mln so’m
Ish vaqti
- Offline. Toshkent shahri
Eslatma
Ushbu ma'lumotlarni yuboring:
- o‘zingiz haqingizda qisqacha
- ish tajribangiz
- qanday loyihalarni yuritgansiz
- nima uchun bu rol sizga mos kelishi
ID 16593
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

