Grafik dizayner (Graphic Designer)
Grafik dizayner (Graphic Designer)
Zamonaviy marketing va media loyihalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniya
$500 – 800
Ish tafsilotlari
Loyihamiz jamoasiga kreativ fikrlaydigan, zamonaviy dizayn trendlarini tushunadigan va professional darajada ishlay oladigan grafik dizayner izlamoqdamiz. Nomzod reklama postlari, ijtimoiy tarmoq bannerlari, brend materiallari va marketing vizuallarini mustaqil yaratish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Doimiy ish o‘rni.
Zamonaviy marketing va media loyihalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniya
Talablar
- Kamida 3-4+ yil grafik dizayn tajribasi (o'rganuvchilar emas, professional kerak)
- Kreativ fikrlash va zamonaviy dizayn trendlarini bilish
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun professional postlar tayyorlash tajribasi
- Brend stilini tushunish va unga mos dizaynlar yaratish
- Deadline bilan ishlay olish
- Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi
- Bilishi shart bo‘lgan dasturlar: Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, CorelDRAW, Figma
- Adobe After Effects (ustunlik beradi)
- Canva yoki boshqa dizayn platformalari
Imtiyozlar
- Doimiy ish o‘rni
- Professional jamoa
- Karyera o‘sishi imkoniyati
- Rag‘batlantirish va bonuslar tizimi
- Qulay ish muhiti
Maosh tafsiloti
- 500$ – 800$ + qo‘shimcha rag‘batlantirishlar (ishiga qarab)
Eslatma
Portfolio bilan murojaat qiling.
Ogoh bo'ling
Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.
