Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder)

Bugun 03:48

Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder)

UstaTop

Maosh: Kelishiladi

Manba:Unilance
Format:To'liq stavka
Ish tartibi:Ofisda
Jins:Farqi yo'q

Ish tafsilotlari

UstaTop loyihasini bozorga olib kirish va ommalashtirish uchun Biznes/Marketing bo‘yicha Hammuassis (Co-founder) qidiryapman.

Loyiha haqida: UstaTop — 24 dan ortiq toifadagi xizmat ko‘rsatuvchi ustalarni va mijozlarni geolokatsiya, real-time xarita va xavfsiz ichki chat orqali birlashtiruvchi zamonaviy xizmatlar marketpleysi (B2C/B2B platforma). Hozirgi holat: Loyihaning texnik arxitekturasi va MVP (Minimum Viable Product) versiyasi to‘liq tayyor. Kodlash, backend va xavfsizlik tizimlari yakunlangan. Ilovani Play Market va App Store'ga chiqarish hamda bozordagi real gipotezalarni test qilish arafasidamiz.

Vazifalar

  • Platformaning ikki tomonlama bozori (Ustalar va Mijozlar) uchun marketing strategiyasini tuzish va yuritish
  • Minimal xarajat bilan birinchi 1000 ta faol foydalanuvchini (bajaruvchi va buyurtmachilarni) jalb qilish
  • Mahsulotning qiymatini (Value Proposition) bozorga to‘g‘ri taqdim eta olish

Talablar

  • Raqamlar va mantiq bilan ishlaydigan
  • Mobil ilovalarni ommalashtirish (User Acquisition, Growth Hacking, App Marketing) tajribasiga ega bo‘lgan “Biznes Miya”
  • Uzum, Yandex, Express24, MyTaxi yoki shunga o‘xshash platformalarda product-marketing bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz — ideal nomzod

Imtiyozlar

  • Loyihada to‘laqonli hammuassis (Co-founder) maqomi
  • Kelishuv asosida loyiha ulushidan (Equity) munosib ulush (Vesting va Cliff tizimi asosida xavfsiz rasmiylashtiriladi)
  • Texnik qismi mukammal va professional darajada qurilgan tayyor mahsulot (Siz texnik muammolarga chalg‘imaysiz, faqat o‘sishga va marketingga javob berasiz)

Eslatma

Rezyume/keyslaringizni qoldiring.

ID 20190

Ogoh bo'ling

Agar sizdan SMS kodlarini yuborish, biror narsa o'rnatish, pul o'tkazish yoki pulga aloqador boshqa ish qilish so'ralsa, rozi bo'lmang — bular firibgarlik belgilari. Biz ish beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga harakat qilamiz, ammo ularning to'g'riligi uchun javobgar emasmiz.

O'xshash vakansiyalar