Visa mutaxassisi (Goverment complience officer)
Visa mutaxassisi (Goverment complience officer)
WorkUz
8 000 000 сум
38 человек откликнулись
О работе
VIZA MUTAXASSISI / GOVERNMENT COMPLIANCE OFFICER ISHGA TAKLIF QILINADI
Joylashuv: Toshkent shahri
Kompaniyamiz jamoasiga chet ellik fuqarolar uchun viza rasmiylashtirish, migratsiya jarayonlarini yuritish hamda davlat organlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan mas’uliyatli va malakali Viza mutaxassisi / Government Compliance Officer lavozimiga nomzodlarni taklif etamiz.
Lavozim vazifalari:
-
Chet ellik fuqarolar uchun O‘zbekiston vizalarini rasmiylashtirish;
-
Ishchi viza, taklifnoma (Invitation Letter), registratsiya va migratsiya jarayonlarini yuritish;
-
Davlat organlari va rasmiy idoralar bilan samarali hamkorlik qilish;
-
Government compliance talablariga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va yuritish;
-
Kompaniya faoliyatining migratsiya va mehnat qonunchiligiga muvofiqligini nazorat qilish;
-
Vizalarning amal qilish muddati hamda uzaytirish jarayonlarini kuzatib borish;
-
Chet ellik xodimlarga huquqiy va ma’muriy masalalar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
-
Viza rasmiylashtirish va government compliance yo‘nalishida ish tajribasiga ega bo‘lish;
-
O‘zbekistonning viza va migratsiya tizimini yaxshi bilish;
-
Davlat hujjatlari va rasmiy jarayonlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
-
O‘zbek tilini mukammal darajada bilish (majburiy);
-
Rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;
-
Mas’uliyatli, tartibli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish;
-
Hujjatlar bilan ishlashda aniqlik va e’tiborlilikka ega bo‘lish.
Ish sharoitlari:
-
Full-time ish;
-
Ofis Toshkent shahrida joylashgan;
-
Professional va qulay ish muhiti;
-
Maosh: 8 000 000 so‘m;
-
Kasbiy rivojlanish va tajriba oshirish imkoniyati.
Tajribali va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan nomzodlarni hamkorlikka taklif qilamiz.
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.
