Sotuv menejeri (ta'lim va konsalting)
Sotuv menejeri (ta'lim va konsalting)
Real Biznes Academy
4 000 000 – 12 000 000 сум
О работе
Real Biznes Academy Ilxom Begimkulov jamoasi kompaniyalarda tizimlashtirish, samarali sotuv bo‘limlarini shakllantirish va biznesdagi muammolarga strategik yechimlar berishga ixtisoslashgan ta’lim hamda konsalting loyihasi. Jamoamizga qo‘shilish orqali siz nafaqat sotuv sohasida tajriba orttirasiz, balki biznes boshqaruvi, marketing, muzokara olib borish va yuqori darajadagi kommunikatsiya muhitida professional rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Vazifalar
- Murojaat qoldirgan mijozlarga qo‘ng‘iroq qilish
- Kurs va treninglar haqida to‘liq ma’lumot berish
- Mijoz ehtiyojini aniqlab, mos mahsulot tavsiya qilish
- Bitrix CRM'da ishlay olish
- To‘lovlarni nazorat qilish va sotuvni yakunlash
Talablar
- 18–25 yosh oralig‘ida bo‘lishi
- Sotuv sohasida: 6 oy – 1 yil tajriba
- Kommunikatsiyasi va muloqotga kirishimli
- Punktual va mas’uliyatli bo‘lishi
- Yangiliklarga ochiq va o‘sish istagi
- Stressga chidamlilik
- Kompyuter savodxonligi
Imtiyozlar
- Kuchli mentor va professional jamoa bilan ishlash imkoniyati
- Biznes va sotuv bo‘yicha real tajriba
- Doimiy trening va rivojlanish muhiti
- Karyera o‘sishi uchun imkoniyat
- Qulay va zamonaviy ofis
- Yosh, energiyaga boy jamoa
- Katta loyihalarda ishlash imkoniyati
Maosh tafsiloti
- 4 000 000 - 12 000 000
Ish vaqti
- Offline. 09:00 -18:00, 6/1
Будьте осторожны
Если просят отправить коды из SMS, что-то установить, перевести деньги или сделать что угодно, связанное с деньгами, не соглашайтесь: это признаки мошенничества. Мы стараемся проверять информацию работодателей, но не несём ответственности за её достоверность.

